Sport
Polsha Respublikasining Varshava shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha XI jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi ulkan g‘alabaga erishdi.
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Toshkent shahar 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa dunyoning 35 ta jamoasi ishtirok etgan nufuzli musobaqada munosib ishtirok etdi.
.jpg)
Ta'kidlash joiz, shu yilning 28–31-may kunlari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida o‘tkazilayotgan futbol boʻyicha XI jahon chempionatida futbolchilar 7 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda ham zafar quchib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Natijada O‘zbekiston jamoasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha XI jahon chempionatining mutlaq g‘olibiga aylandi.
Ma’lumot uchun: Toshkent shahar 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoa 2022-yil 11-17-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan xalqaro musobaqada faxrli 1-oʻrinni, 2023-yil 10-15-avgust kunlari Varshavadagi VIII Jahon chempionatida esa 28 ta davlat ichida faxrli 2-oʻrinni egallagan edi.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91290
Jamiyat
75988
Jamiyat
//
Izoh yo‘q