Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Denizli viloyatida yoʻlovchi avtobusi halokatga uchragani oqibatida insonlar qurbon boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻanga taʼziya yoʻlladi.
Davlat rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.
Xabarlarga koʻra, 31-may kuni Izmirdan Antaliyaga ketayotgan avtobus Denizli viloyatining Saraykoy shahrida halokatga uchragan.
Baxtsiz hodisa oqibatida sakkiz kishi halok boʻlgan, 30 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Avtobusda 38 yoʻlovchi va uch nafar xodim boʻlgani aytilmoqda.
Jabrlanuvchilarning soʻzlariga koʻra, haydovchi halokatdan taxminan 20 daqiqa oldin avtobusdagi nosozlik sababli transportni yoʻl chetiga olib toʻxtagan va uni tekshirganidan soʻng yoʻlda davom etgan.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
112426
Jamiyat
95084
Jamiyat
91302
Jamiyat
76002
Jamiyat
//
Izoh yo‘q