Oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingi eʼlon qilindi

Saqlash
18:12 / 26.09.2022 955 0

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingi eʼlon qilindi.

 

Milliy reytingga kirgan 92 ta oliy taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligiga quyidagi 4 ta yoʻnalishdagi 20 ta indikator asosida baho berildi.

 

– ilmiy tadqiqot faoliyati va taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;

 

– oʻquv-metodik ishlar faoliyati va oʻqitish sifati;

 

– talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;

 

– sportni rivojlantirish.

 

Milliy reytingga koʻra, eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:

 

– “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;

 

– Oʻzbekiston milliy universiteti;

 

– Toshkent moliya instituti;

 

– Samarqand davlat universiteti;

 

– Navoiy davlat konchilik instituti.

 

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:

 

– Termiz muhandislik texnologiya instituti;

 

– Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti;

 

– Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;

 

– Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;

 

– Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//