Siyosat
Joriy yil 23-sentyabr kuni “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Shuningdek, hujjat bilan elektr, gaz, suv taʼminoti, issiqlik energiyasi, koʻmir, suyultirilgan gaz va boshqalar bilan taʼminlashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularga koʻra, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga 1,99 trln soʻm ajratiladi, 737 km issiqlik tarmoqlari, 1,8 ming km suv taʼminoti tarmoqlarini profilaktika va taʼmirlash hamda 1,68 mln tonna koʻmir zaxirasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga masʼul idoralarga mavsumga tayyorgarlik jarayoni toʻgʻrisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida hisobot berib borish vazifasi yuklatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q