Milliy suvenirlar festivali o‘tkazilmoqda

Saqlash
17:17 / 28.10.2021 3117 0

O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Milliy suvenirlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festival Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.

 

 

Milliy liboslar, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, kashtachilik, zargarlik, pichoqchilik kabi xalq hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, turli mahorat darslari hamda folklor-etnografik guruhlarning badiiy chiqishlari tashkil etilgan.    

 

 

– Milliy suvenirlar savdosini yo‘lga qo‘yish orqali respublika muzeylari va madaniy meros obyektlarini targ‘ib etish maqsad qilingan, – deydi Narzullayevlar sulolasining 7-vakili, O‘zbekiston Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi ko‘chma ko‘rgazmalar sektori mudiri Dilnoza Narzullayeva. – Bu esa, ayni paytda, hunarmandlar bandligini ta’minlashga, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi.

 

 

 

Festival yakunida har bir hudud bo‘yicha alohida 1-, 2-, 3-o‘rinlar g‘olibi aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 178
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

11:34 / 20.07.2026 0 96
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112684
76456

//