Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi vatandoshlarni yana bir bor xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.
Elchixona maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlgan shaxs xorijiy davlatning fuqaroligiga tegishli deb eʼtirof etilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilingan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bekor qilinadi.
Shu munosabat bilan, diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasiga koʻra “yollanish” - xorijiy davlat hududidagi qurolli toʻqnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib oʻtgan.
“Elchixona Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi toʻgʻrisida xolis maʼlumotlar mavjud boʻlgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi. Elchixona yurtdoshlarimizni daʼvatlarga berilmaslik va ehtiyotkor boʻlishga chaqiradi”, deyiladi elchixona tarqatgan xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q