Jamiyat
Oʻzbekistonlik Oybek Eshtemirov Moskvada ikki ayolni yongʻindan qutqarib qoldi.
Qayd etilishicha, Oybek yettinchi qavatdagi yongʻin sodir boʻlayotgan xonadonga kirib, bir ayolni olib chiqqan. Keyin esa sakkizinchi qavatdagi olov ichida qolgan xonadondan keksa ayolni qutqargan.
U liftda sakkizinchi qavatga koʻtarilayotgan vaqtda tutun hidini sezgan va bir qavat pastda yongʻin yuz berganini tushungan.
“Hech narsani oʻylab oʻtirmasdan yordamga oshiqdim. Oʻsha vaqtda ularni qutqarishdan boshqa narsa xayolimdan oʻtmadi. Har qanday erkak shunday yoʻl tutgan boʻlardi”, — deydi Oybek.
“Oʻzbekiston oʻzini haqiqiy qahramonlardek namoyon etgan Oybek bilan faxrlanishi mumkin”, deb yozadi Moskva milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti.
24 yoshli oʻzbekistonlik qahramonligi uchun mukofotlandi. Koʻrsatgan jasorati uchun Oybek Eshtemirov departament rahbarining tashakkurnomasi hamda Moskva favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasining mukofoti bilan taqdirlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q