
Iqtisod
Oʻzbekistonda 3-sentyabrdan boshlab “Mir” kartalariga xizmat koʻrsatish texnik sabablarga koʻra toʻxtatildi, deb xabar bermoqda UZCARD.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi, UZCARD toʻlov tizimi ishtirokchisi tomonida texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli 2022-yil 23-sentyabr kuni soat 09:00 dan UZCARD infratuzilmasida “Mir” kartalariga hamda xorijda UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalarga xizmat koʻrsatishni vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qiladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida UZCARD toʻlov tizimi infratuzilmasida odatdagidek ishlashni davom etadi.
Oʻzbekistonda “Mir” kobeyj kartasini quyidagi banklar muomalaga kiritgandi.
Aloqabank
Mikrokreditbank
Milliybank
Turonbank
Xalq banki
Qishlok qurilish bank.
Maʼlumot uchun, hozirgacha Turkiya, Qozogʻiston, Armaniston kabi davlatlar banklari AQSH va YIning ikkilamchi sanksiyalariga tushish xavfi ortidan Rossiyaning “Mir” kartalariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatgan.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q