Oʻzbekistonda qancha bankomat nosoz holatda va ishlamayotgani maʼlum qilindi

Saqlash
12:09 / 23.09.2022 547 0

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi murojaatlardan kelib chiqqan holda bankomatlar orqali isteʼmolchilarga bank xizmatlarini koʻrsatish holati yuzasidan oʻrganish va tahlillar oʻtkazdi, deb xabar beradi “Yuz.uz”.

 

Qayd etilishicha, respublikaning 127 ta hududida tijorat banklari tomonidan joylashtirilgan 1003 ta bankomat boʻyicha oʻtkazilgan kuzatuvlarda ularning 103 tasida bank nomi, ishonch telefon raqami va toʻlov tizimi haqidagi maʼlumot yoʻqligi aniqlangan.

 

Shuningdek, 2 ta holatda 24/7 tunu kun ishlovchi shoxobchasi yopiqligi, 52 ta bankomat nosoz holatda va ishlamayotgani, 107 ta bankomatda naqd pul yoʻqligi qayd etilgan. Yoki 50 ta bankomatning axborot xavfsizligi taʼminlamagan holda videokuzatuv tizimlari yordamida nazoratga olinmagani hamda 52 tasining joylashgan holati qoniqarsizligi kuzatilgan.

 

Markaziy bank bilan hamkorlikda bankomatlarning talab darajasida muntazam ishlab turishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish