Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyatida faollar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.
Davlat rahbari oʻz nutqida qoʻshni davlatlar bilan doʻstlik-birodarlik siyosati olib borilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
"Tasavvur qilinglar, olti yil oldin ham chegaralarimizda mina bor edi. Ikki tomonda qardosh xalqlar yashaydi, ammo oʻzaro bordi-keldi qila olmaydi. Mana shu muammoni bartaraf etguncha ancha zahmat chekdik, ammo uddaladik.
Dunyoning rivojlangan davlatlaridan aloqaga chiqib, minani olib tashlashda yordam taklif qilishdi. Ammo biz rad etdik, chunki bunga oʻzimizning ham kuchimiz yetardi. Xozir mana bemalol qoʻshnilar bilan oldi-berdi qilyapmiz.
Agar qoʻshnilar bilan yaxshi boʻlib, oʻzaro aloqani mustahkamlab, birdamlikda rivojlanmasak, bizga chetdan kelib hech kim yordam berib qoʻymaydi", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q