Toshkent viloyatida III-IV asrga oid topilma aniqlandi

Saqlash
23:08 / 21.09.2022 779 0

Yangiyoʻl tumanida III-IV asrga oid topilma aniqlandi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ushbu eksponat Yangiyoʻl tumanida joylashgan xonadonlardan biridagi qadimiy qabrdan topilgan.

 

Qabr “Qovunchi” madaniyatiga oid boʻlib milodiy III-IV asrlarga qadar boʻlgan davrga tegishli. Qabrdan shu davrda yashagan odam suyak qoldiqlari, 1 ta skelet va 9 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar topilgan.

 

Eʼtiborli tomoni, koʻzalardan faqat 1 donasi siniq holatda boʻlib, qolgani nisbatan yaxshi saqlangan. Shuningdek qabrdan 1 dona ayollar munchogʻi ham qazib olingan. Ayni vaqtda topilma Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov uy muzeyida saqlanmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//