Jamiyat
Qashqadaryoda mast fuqaro bilan urishgan hokim oʻrinbosari javobgarlikka tortildi. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro bilan urishgan masʼul Yakkabogʻ tumani hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Dilshod Mengboyev hisoblanadi.
2022-yil 10-avgust kuni soat taxminan 23:00 larda Yakkabogʻ tumani “Istiqlol” dehqon bozori atrofida tuman hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari D.M. qurilishlarni koʻzdan kechirib yurganda, fuqaro N.T. uning yoniga kelgan va ular hech bir sababsiz tortishib qolgan.
«Mazkur holat yuzasidan Yakkabogʻ tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda D.M va N.T.larning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli ularga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tuman sudiga yuborilgan», deyiladi viloyat IIB rasmiy axborotida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q