Jamiyat
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatda kuzatilishi mumkin boʻlgan mitinglarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirmoqda.
Agentlikka koʻra, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar oʻtkazilishi rejalashtirilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
“Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan bunday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar koʻp toʻplanayotgan joylarga bormaslikni soʻraydi”, – deyiladi Agentlik murojaatida.
Maʼlumot uchun, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
111565
Jamiyat
94626
Jamiyat
90618
Jamiyat
75067
Jamiyat
//
Izoh yo‘q