“Gucci”, “Nike” “Hello kitty” nomli sumkalarni ishlab chiqargan tadbirkor sudga berildi

Saqlash
20:26 / 21.09.2022 640 0

“Gucci”, “Fila”, “Nike” kabi xorijiy brendlardan foydalanib, sumka ishlab chiqargan tadbirkorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Andijon viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmatiga koʻra, viloyatning bir nechta maktablarida birinchi sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻasi sifatida tarqatilgan maktab ryugzaklarida “Gucci”, “Fila”, “Nike” kabi xorijiy brendlar logotipi tushirilgani aniqlangan.

 

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻlimi tomonidan oʻrganish olib borilgan.

 

Qayd etilishicha, Baliqchi tumanida faoliyat yurituvchi “H.P.S.” xususiy korxonasiga tegishli ishlab chiqarish obyektlarida 2022-yilning iyul-avgust oylari davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “FILA”, “NIKE”, “ADIDAS”, “GUCCI”, “HELLO KITTY” xorijiy tovar belgilariga oʻxshash boʻlgan “GUCCI”, “FILA”, “NIKE”, “ADIDAS”, “Hello Kitty” nomli oʻquvchilar ryugzaklarini ishlab chiqargani hamda “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat muassasasining shartnomasiga asosan Andijon viloyatidagi umumtaʼlim maktablarining 1-sinf oʻquvchilariga tarqatilganligi aniqlangan.

 

“Holat yuzasidan «H.P.S.” xususiy korxonasiga nisbatan Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan oʻzganing tovar belgisi boʻlgan va muhofaza qilinayotgan belgiga oʻxshash tovar belgilaridan noqonuniy foydalanganligi uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177-moddasiga asosan, koʻrib chiqish uchun sudga yuborildi», deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//