Ilm-fan
Oʻzbekistonda oʻtgan 2,5 oyda 8 ming nafardan ortiq fuqaro shahodatnoma dublikatini masofadan turib oldi, deb xabar beradi OʻzA.
Oʻzbekistonda 1-iyuldan boshlab shahodatnoma dublikatini masofadan turib olish xizmati yoʻlga qoʻyilgan. Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, shahodatnoma dublikati «My.gov.uz» portali orqali ariza bilan murojaat etilganida (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan) 5 kunda elektron shaklda portal orqali beriladi.
Ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy maʼlumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi. Boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi (oldin maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yoʻqolgani haqida gazeta eʼloni, topilmalar idorasidan maʼlumotnoma, pasport nusxasi, familiya oʻzgargani haqida FHDYO boʻlimlaridan maʼlumotnoma).
Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqaro mazkur xizmatdan foydalanib, shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurgan. Taʼkidlanishicha, shahodatnoma dublikati elektron shaklda berilgach, maktabdan berilgan attestat oʻz kuchini yoʻqotadi.
Shuningdek, xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlarini yanada kengaytirish maqsadida joriy oʻquv yilida yana 3 ta xizmat yoʻlga qoʻyilgan: oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish, xorijiy fuqaro farzandlarini maktabga qabul qilish, eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun ariza berish.
Bundan tashqari, Xalq taʼlimi tizimiga oid davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida koʻmak berish hamda tegishli savollarga javob berish maqsadida maxsus bot @XTV_davlatxizmatlari_bot faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xalq taʼlimiga oid muammolarga duch kelgan taqdirda mazkur botga murojaat qilishlari mumkin.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q