Dastlabki sinov poyezdi Oʻzbekiston hududi orqali yoʻlga chiqdi

Saqlash
22:36 / 20.09.2022 655 0

“Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston-Afgʻoniston” multimodal yoʻlagini rivojlantirish maqsadida “Qashgʻar – Oʻsh – Andijon – Gʻalaba – Hayraton” yangi tranzit yoʻnalishi boʻylab konteyner poyezdini sinov tariqasida ishga tushirish boshlandi.

 

Ayni paytda mazkur yoʻnalish boʻyicha 12 dona 40 futlik konteynerdan iborat birinchi poyezd Oʻzbekiston hududi orqali yoʻlga chiqmoqda.

 

“Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston” yangi multimodal yoʻlagi boʻylab yuk tashish Qashgʻar (Xitoy) temir yoʻl stansiyasidan Oʻsh (Qirgʻiziston) temir yoʻl stansiyasiga avtomobil orqali, soʻngra “Mozori Sharif” (Afgʻoniston) stansiyasigacha Oʻzbekiston hududidan temir yoʻl orqali amalga oshiriladi.

 

Poyezd soʻnggi manziliga temir yoʻl orqali ikki kundan keyin yetib borishi rejalashtirilgan.

 

Darvoqe, Oʻzbekiston mamlakatimiz hududi orqali tashishda 70 foizlik chegirma taqdim etgan. Boshqa ishtirokchi davlatlar tomonidan 50 foizgacha boʻlgan tarif imtiyozlari taqdim etildi.

 

Taxminiy hisob-kitoblarga koʻra, ushbu multimodal yoʻnalish boʻyicha pilot loyihaning barcha nyuanslari ishlab chiqilgandan soʻng, birgina Afgʻoniston yoʻnalishidagi yuk aylanmasi yiliga 4 mingdan ortiq konteynerni tashkil qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//