Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

Saqlash
18:06 / 20.09.2022 721 0

Oʻzbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, 34 mlrd 79,9 mln dollarni tashkil etdi. Bu avgust oyiga nisbatan 527,4 mln dollarga kam. Bu haqida Markaziy bank maʼlum qildi.

 

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldigʻi 12,3 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21 078,6 mln dollardan 21 001,9 mln dollarga kamaygan.

 

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12,47 mlrd dollardan 12,044 mlrd dollarga kamaygan.

 

Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablagʻlari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni oʻz ichiga oladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//