![](/storage/posts/February2025/geSimD2x46AFh2IwLxP4-small.jpg)
Jamiyat
“Oʻzgidromet” 28-oktyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Bundan tashqari, Respublika Gidrometeorologiya markazi 27-oktyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanishi sababli hafta oʻrtasida havo oʻzgarib, yomgʻir yogʻishi kutilayotganini maʼlum qilgandi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q