Jaloliddin Manguberdi (Jalol id-Diniya va-d-Din Abu-l-Muzaffar Mankburni ibn Muhammad) (1199–1231) – (1220-yildan buyon) so‘nggi xorazmshoh, Ala id-Din Muhammad II va uning turkman xotini Oychechakning to‘ng‘ich o‘g‘li.
Jaloliddin Mekburni (yoki Manguberdi) nomi “yuzida xoli bor” ma’noni anglatadi. Jaloliddinning aniq tug‘ilgan yili noma’lum, uning rasmiy belgilangan sanasi 1198-yil.
Gurganj saroyida hurmatga sazovor bo‘lgan baobro‘ buvisi, qipchoq malikasi Turkan xotunning qistovi bilan, an’analarga qaramay, taxtga Jaloliddinning kichik ukasi O‘zloqxon o‘tirdi. Jaloliddin harbiy muhitda ulg‘aydi va jang san’atini erta o‘zlashtirdi. G‘azna (hozirgi Afg‘oniston) uning qaramog‘ida bo‘lishiga qaramay, otasi fitnalardan saqlanib, o‘g‘lini o‘zining oldida – Gurganjda ushlab turdi. Yosh Jaloliddin dushmanlar bilan tinimsiz janglar bo‘lib o‘tuvchi chegaraga chiqishga harakat qiladi.
Chingizxonning rejalashtirgan bosqinidan xabardor bo‘lib, Jaloliddin otasidan qo‘shinini Sirdaryoga qo‘yib, dushmanni o‘sha yerda kutib olishini so‘raydi, lekin otasi himoya devorlari va qal’asi dushmanni mamlakatga qo‘ymasligiga amin bo‘ladi va qo‘shinni to‘plamaslikka qaror qiladi. Mo‘g‘ullar shaharni shiddat bilan bosib oladi. Avvaliga, 1220-yil Buxoro, keyin Samarqand o‘rab olinadi. Jiddiy xastalangan Muhammad Kaspiyga qochadi. Uchta o‘g‘lini to‘playdi, Jaloliddinning beliga o‘z shamshirini osib, uni taxt vorisi etib tayinlaydi va boshqa ukalarini akasiga itoat qilishga undaydi. Muhammadning o‘limidan so‘ng Jaloliddin taxtga o‘tirdi, lekin Gurganj aslzodalari yangi hukmdorni pisand qilmaydi.
Jaloliddin uch yuz sodiq turkman yigitlaridan iborat qo‘shin to‘playdi va Xurosonga yo‘l oladi. Niso atrofida ular yetti yuz kishilik mo‘g‘ul qo‘shinini kutib oladi va ularni osonlikcha yengadi. Ushbu arzimas g‘alaba Xuroson aholisini mo‘g‘ul istilochilariga qarshi g‘ayratlantiradi, natijada, Chingizxon o‘z qo‘shinini Xorazm va Xurosonga yo‘llaydi va Jaloliddinning kichik ukalarini qo‘shini bilan yuzlanib, ularni ayovsiz tor-mor etadi.
Jaloliddin vasiyat qilib qoldirilgan yeri tomon yo‘l olarkan, Marv noibi Xon Malik va uning qirq ming kishilik lashkari, turkman xoni Sayfiddin va uning qirq ming kishilik lashkari bilan ittifoqdosh tutinadi. Qandahor yaqinida birlashgan lashkarlar qo‘shini mo‘g‘ullarni yo‘q qiladi va Jaloliddin G‘aznagacha yetib boradi.
Murg‘ab yuqorisida unga Marvning sobiq noibi Xon Malik va turkman xoni Sayfiddin qo‘shildi. G‘aznaga kelgach, Jaloliddin tez orada o‘n ming kishilik qo‘shin to‘plab, Qandahorni qamal qilgan mo‘g‘ullarga qarshi yurib, uni tor-mor etdi. Bo‘lingan xorazmlik lashkarlarning harbiy qo‘mondonlari o‘z hukmdorining muvaffaqiyati haqida eshitib, G‘aznaga to‘plana boshlaydi va Jaloliddin boshchiligida 70 mingga yaqin askar yig‘ildi. U bilan birga og‘asi Amin al Mulk, sarkarda Temur Malik, qarluqlar xoni Azam Malik va afg‘onlar muallimi Muzaffar Maliklar ham keldi. Chingizxon hali xorazmshoh kuchidan bexabar bo‘lib, unga qarshi Shiki Xutuxu boshchiligidagi 30-minglik qo‘shinini jo‘natadi.
Parvonadagi jang
Bahorda Jaloliddinning qo‘shini G‘ori daryosidagi Valian qishlog‘ida Shiki Xutuxuning yetakchi lashkariga duch keldi. Mo‘g‘ul qo‘shini deyarli butunlay yakson etildi: bor-yo‘g‘i yuzta askar jon saqlab qoldi. So‘ngra, Jaloliddin dara tomon yo‘l olib, u yerda jangni kutdi. Shiki Xutuxu o‘zining bor qo‘shinini shu yerga yo‘naltirdi. Ikki qo‘shin haybatli qoyalar orasidagi toshloq darada uchrashdi. Joy otliq lashkar uchun noqulay bo‘lib, ikki tomon ham harakatdan tiyinishga majbur edi.
Jaloliddin Temur Malikka piyoda kamonchilar bilan oldinga siljishlarini buyuradi. Xorazmliklar yovning kuchsiz tomonini sezganiga qaramay, Shiki Xutuxu birinchi kun o‘zini tiyadi, keyin qoyalarga ko‘tariladi va mo‘g‘ullarga tepadan yoy otishni boshlab, mo‘g‘ul qo‘shiniga jiddiy talafot yetkazadi.
Ertasiga Jaloliddinning askarlari daraga bir nazar boqib, mo‘g‘ullar qo‘shini soni ko‘payganini payqaydi. Aslida, Shiki Xutuxu zaxiradagi otlarga mato bilan o‘ralgan poxol tulumlarni o‘tkazib qo‘yishni buyurgan bo‘ladi. Dushman tarafning chap qanotiga uyushtirilgan hujum o‘q-nayza do‘li ostida qoldi. Shunda Shiki Xutuxu dushmanga aylanasiga hujum uyushtirishni buyurdi. Biroq o‘q-yoylar do‘li va qoyatoshli yon-atrof mo‘g‘ullar yutug‘iga to‘sqinlik qildi. Jaloliddin o‘z jangchilarini egarlatdi va qo‘shimcha hujumga kirishdi. Qo‘qqisdan uyushtirilgan hamladan mo‘g‘ullar qocha boshladi. Xorazmshoh jangchilari chekindi va Shiki Xutuxu o‘zining yarim qo‘shinidan ayrildi. Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Chingizxonning g‘arbga o‘tishi davrida Parvonadagi mo‘g‘ul jangchilarining tor-mor etilishi ularning O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistondagi janglari ichida yagona yirik mag‘lubiyati bo‘lgan.
Jaloliddinga nafaqat jangchilari, balki aholisi ham odil va haqqoniy hukmdor o‘rnida madad ko‘rsatgan. Parvonadagi mag‘lubiyatdan so‘ng mo‘g‘ullar Afg‘oniston hududini tark etdi. Ularga javoban, Chingizxon xorazmshohlarga qarshi yangi jangda ishtirok etishga qaror qildi. Ammo Jaloliddin endigina Chingizxon bilan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqt uni qo‘llab-quvvatlovchi sarkardalar orasida nizo kelib chiqib, qipchoq, qarluq va afg‘onlar Jaloliddinni tark etdi.
Parvonadagi mo‘g‘ularning mag‘lubiyatidan so‘ng boshqa kuchlar boshida Chingizxonning o‘zi Jaloliddinga qarshi yurish qildi. Uni Sind daryosi qirg‘og‘ida 1221-yilning 9-dekabr kuni ushlaydi. Xorazmshoh qo‘shinini yarim oy shaklida tizib, daryoni ikki tarafdan to‘sib qo‘yadi. Mo‘g‘ullar to‘siqqa yopishadi va tez orada halok bo‘ladi. Markaziy qismi to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi, ammo ko‘plab askarlar nobud bo‘ladi. Jaloliddin o‘zining xaramini butunlay suvga cho‘ktirishni buyuradi, so‘ngra asir tushmaslik uchun tulpori bilan o‘zini Sind daryosining katta qoyasiga tashlaydi. 6 ming chavandozlik xorazmshoh Sind daryosining boshqa qirg‘og‘idan o‘tib, hatto mo‘g‘ullarni quroli bilan qo‘rqitishga ham ulguradi. Jangda Jaloliddinning oilasi asir olinadi va o‘ldiriladi, o‘zi esa Sindga ketadi. Afsonaga ko‘ra, Chingizxon yosh sultonning jasoratiga tan berib, o‘zining ko‘plab o‘g‘illariga: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, degan ekan. Chingizxonni ta’qib etish uchun Balo noyon va Burbon ismli tuman begilar boshchiligidagi lashkarni yuboradi. Biroq Multan shahrigacha yetib borgach, mo‘g‘ullar sulton izini yo‘qotib qo‘yadi.
Jud tog‘ida joylashgan Shatra ma’muriyatining mahalliy sind ranasi o‘z hududida Jaloliddinni qolgan askarlari bilan paydo bo‘lganini bilib, 5 ming kishilik piyoda askarini va ming kishilik chavandoz askarni to‘plab, unga qarshi yurish qiladi. Kutilmaganda Jaloliddinning o‘zi unga qarshi hujum uyushtiradi. U o‘zi shaxsan ranaga o‘q uzib o‘ldiradi, lashkarlari esa qisqa jangdan so‘ng tarqalib ketadi. 1224-yilning boshigacha Jaloliddin Hindistonda yashaydi, Eron va Mesopotamiyaga yurishga kirishadi. To‘rt yil davomida Jaloliddin Hindistonda mo‘g‘ullar bilan jang olib boradi.
U turkmanlardan iborat yangi qo‘shin to‘playdi va G‘arbiy Eronga – Kavkazga yo‘l oladi. 1225-yil Jaloliddin janubdan shimoliy Eronga bostirib kiradi. Jiddiy qarshiliksiz Marag‘ani egallab, sulton Tabrizga yo‘l oladi va shaharni zabt etadi. Otabek O‘zbek Ganzakka qochadi, u yerdan mustahkam Alinjo qal’asiga ketib, o‘sha yerda vafot etadi. Qisqa vaqt ichida Jaloliddin hukmronligini Ganj, Barda, Shamkir va Arranning boshqa shaharlari tan oladi. 1225-yil Jaloliddin qo‘shini Gruziya va Armanistonni qisman egallaydi. 1225-yil 8-avgustda Sharqiy Armanistonning Dvin shahri yaqinida gruzin-armanlar va Jaloliddin qo‘shini o‘rtasida tarixga “Garni jangi” nomi bilan kirgan jang bo‘lib o‘tadi. Unda xorazmshoh g‘alaba qozonadi. Tinchlik sulhini tuzish va mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi yurish taklifi bilan o‘z elchilarini gruzinlarga yuboradi, lekin malika Rusudandan rad javobini oladi. 1226-yil Gruziyani egallab, uning poytaxti Tbilisini vayron etadi, u yerdagi barcha cherkovlarni buzdirib tashlaydi. Tbilisida islom dinini qabul qilganlargina tirik qoladi. Jaloliddin sharqiy Kavkaz ortini zabt etish jarayonida Ildegizidlar davlati qulaydi. Shervarshohlar ham o‘zlarini Jaloliddinga tobeligini qabul qiladi.
1227-yil Rey yaqinida Jaloliddin mo‘g‘ullar qo‘shinini tor-mor etdi. Shu yilning o‘zida Isfaxon aholisi tomonidan yordamga chaqirilgan xorazmshoh shahar yaqinida mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozondi. Jaloliddin bir varakayiga ikki jangovar harakatni tutadi: G‘arbiy Eronda mo‘g‘ullarga qarshi hamda Kavkaz ortida arman va gruzinlarga qarshi. Ammo 1228-yil kilik-arman podshosi Getum I va misrlik sulton Ashraf bilan birlashgan rum sultoni Alouddin xorazmshohga qarshi jang boshlaydi. Xorazmshoh qo‘shini ushbu hujumga bardosh bera olmay, mag‘lubiyatga uchraydi.
Jaloliddin qipchoq xonlariga mo‘g‘ul istilochilariga qarshi birlashish taklifi bilan maktub yo‘llaydi va 1220-yil Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji tomonidan qo‘lga olingan va bir nafar farzandi bor singlisidan javob xatini oladi. Maktabda u Jaloliddinni mo‘g‘ullar bilan ittifoqdosh bo‘lishga ko‘ndiradi va unga Amudaryo yaqinidagi yerlarni taklif qiladi. Ammo mazkur xatga Jaloliddin javob yozmaydi.
Jaloliddin dushmanlariga qarshi dovyurak qarshiliklar ko‘rsatadi. 1230-yil Iroqdagi Xilot qal’asi zabt etilgach, xorazmshoh Mesopotamiya va Kichik Osiyo hukmdorlarining ittifoqi natijasidagi hujumda mag‘lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qo‘shiniga yakuniy zarbani Charmag‘on boshchiligidagi mo‘g‘ullarning Ugedey lashkari yetkazadi. Jaloliddin jangda og‘ir jarohatlanadi, so‘ngra u Qurdiston tog‘lariga yashirinishga harakat qiladi u o‘sha yerda o‘ldiriladi.
Jaloliddin siymosi afsonaga aylandi, unga yozuvchi Vasiliy Yanning “Mardlik qanotlarida” ertak-qissasi va boshqa asarlar bag‘ishlangan.
Jaloliddin Manguberdi “milliy qahramon”lardan biri. 1999-yili mamlakatimizda Jaloliddin tavalludining 800 yilligi keng nishonlangan. O‘zbekistonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua qurilgan.
1999-yil Jaloliddinning 800 yillik yubileyiga bag‘ishlangan 25 so‘mlik yubiley tangalar muomalaga kiritilgan.
2000-yilning 30-avgust kuni “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadi. 2003-yilning 22-avgust kuni ushbu orden bilan Xorazm viloyati mukofotlangan.
Yana bir muhim ma’lumot: Jaloliddin Rumiy Jaloliddin Manguberdining ammasining nevarasi, ya’ni jiyani hisoblanadi. Alouddin Muzaffar Takeshning katta qizi Malikayi Jahondan Jaloliddin Rumiy, kichik o‘g‘li Alouddin Muhammad II dan esa Jaloliddin Manguberdi tug‘ilgan. Manguberdi Xorazmda tug‘ilib, Kurdistonda vafot etgan. Rumiy Balxda tug‘ilib, Ko‘niyada vafot etgan. Har ikkalasining tug‘ilgan va vafot etgan joylari o‘z davrida Xorazmshohlar davlati tarkibida bo‘lgan. Balx shahar sifatida, Ko‘niya sultonlik sifatida Xorazmshohlar davlati tasarrufida bo‘lgan.
Jaloliddin, shuningdek, Turkmanistonda ham hurmat qozongan bo‘lib, uning mo‘g‘ullarga qarshi jasorati bugungi kunda ham faxr bilan yodga olinadi.
//
Izoh yo‘q