Rahmon Muhamadiyev


14:07 / 02.07.2024 487 0

1946-yil 14-mayda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan.

1969-yili Samarqand tibbiyot institutini tamomlagan.

1971-yilgacha Moskvada neyrooftalmologiya mutaxassisligi boʻyicha faoliyat yuritgan.

1974–1975-yillarda Samarqand tibbiyot instituti koʻz kasalliklari klinikasida vrach-ordinator.

1975–1980-yillarda Surxondaryo viloyati koʻz kasalliklari shifoxonasida vrach, boʻlim mudiri.

2015-yildan shu kunga qadar Samarqand tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda.

2001-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.

 

Yurtimizda 1977-yili koʻz mikroxirurgiyasiga asos solinishida tibbiyot fanlari doktori, professor. AQSH xalqaro oftalmologlar akademiyasining aʼzosi, Rossiya tibbiyot texnika fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, oliy toifadagi oftalmoxirurg Rahmon Muhamadiyevning bevosita hissasi katta. 1981–1984-yillarda Afgʻonistonning Qobul shahridagi BIME klinikasida oftalmolog boʻlib ishlab, 20 ming nafardan ortiq bemorning koʻziga nur baxsh etgan 1984–1986-yillari Denov tumanida bosh vrach boʻlib ishlagan davrida tumanda 100 oʻrinli 2-tugʻruqxona, tuman stomatologiya poliklinikasi va tuman poliklinikasi qurilib, ishga tushirilishida jonbozlik koʻrsatgan. Tuman markaziy shifoxonasida oftalmologiya, neanotologiya va nevrologiya boʻlimlarini tashkil qilgan. 1986–2008-yillarda Surxondaryo viloyati oftalmologiya shifoxonasida bosh vrach lavozimida ishlab, uning ilmiy markazga aylanishida faol boʻldi.

 

Rahmon Muhamadiyev muddatidan oldin koʻz tubidagi koʻrish nervi shishlarini flyuoressein angiografiya yordamida aniqlash mavzusida birinchi boʻlib tibbiyot fanlari nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan. 2006-yil ksenotransplantatni klinik oftalmoxirurgiyada qoʻllash mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ilmiy maʼruza shaklida yoqlagan.

 

Mustaqillik yillarida ilmiy salohiyat va yangiliklar qilish uchun keng imkoniyat yaratilganligi uchun 232 ta ilmiy maqola va 23 ixtiroga mualliflik qilgan.

Mehnat faoliyati davomida 9 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma. 3 ta magistrlar va klinik ordinator hamda vrachlar uchun “Oftalmoksenoplastika” (2018). “Kristallografiya sleza v oftalmologii” (2018), “Katarakta fakoemulsifikatsiyasi” (2019) oʻquv darsliklarini chop ettirdi.

 

Dunyoda birinchi boʻlib murda toʻqimasi alloplant oʻrniga qoʻyning yurak pardasidan koʻz kasalliklarini davolash uchun ksenotransplantat yaratgan, 2002-yili Germaniyaning Gannover shahrida oʻtkazilgan jahon sogʻliqni saqlash koʻrgazmasida ksenotransplantatni namoyish etib, Oʻzbekiston sharafini yuksaltirdi.

 

Tinib-tinchimas olim Rahmon Muhamadiyev ilmiy-amaliy tajriba almashish uchun AQSH, Angliya, Fransiya, Shotlandiya, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya kabi dunyoning juda koʻp mamlakatlarida boʻldi. Raxmon Muxamadiyev ilmiy ishlardan tashqari, badiiy adabiyotga ham qoʻl urgan. 2015-yil “Takdir tuxfalari”, 2016-yilda “Xayot saboqlari” nomli kitoblari nashr etilgan.

 

“Kimki koʻzi ojiz odamni qirq qadam yetaklagan boʻlsa, unga jannat vojib boʻlibdi”, deyiladi muborak hadislarda. Basir koʻzga nur ato qilish, ojizga dunyo goʻzalligini qayta inʼom etish esa qanchalar xush amal ekanligi koʻrinib turibdi.

 

Davlatimiz tomonidan shifokor-olim mehnatlari yuksak qadrlanib, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berildi. 2006-yil Vashingtonda chiqarilgan “Kim aslida kim?” ensiklopediyasida dunyoning 2000 nafar iqtidorli olimlari roʻyxatiga Rahmon Muhamadiyev nomi ham kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida ham faoliyat yuritdi. Koʻz kasalliklarini davolash boʻyicha ixtiro ksenotoansplantat AQSH, Fransiya, Angliya, Xitoy, Shotlandiya, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston oftalmotologlariga yutuq sifatida namoyish etib kelinyapti.

 

Mashhur olim, saxovatli inson 2019-yilning sentyabrida Xitoy Xalq Respublikasi Sinzyan-Uygʻur avtonom respublikasining Xoʻtan regionida 8 kun davomida xitoylik oftalmologlar, “Chegarasiz begʻaraz yordam” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda 193 nafar bemorda operatsiya oʻtkazdi. 2004-yili Uzun tumanida 54 nafar kam taʼminlangan oilalar bolalarining sunnat toʻylarini homiylik qilib oʻtkazib berdi.

 

Ustoz shifokorning boy fazilatlaridan bahramand boʻlgan shogirdlari u kishining shifokorlik hamda odamiylik anʼanalarini munosib davom ettirayotirlar, davolashning faqat tan muolajasi emas, balki, birinchi navbatda, qalb malhami ekanini isbotlamoqdalar.

 

Qahramonimiz haqida yana koʻp yozish mumkin. Yaxshisi, koʻzni yuming, tafakkur qiling. Bir inson hayotida shuncha mehnat, ilm zahmati yotibdi. Zamirida esa insonga yaxshilik qilish falsafasi mujassam.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//