1949-yil 12-martda Rossiyaning Tula viloyati Uzlov tumanida tugʻilgan.
1967-yilda Donesk shahridagi 19-kasb-xunar texnikumini tugatgan.
1970-yilda mehnat faoliyatini Qizilqumdagi Shimoliy kon boshqarmasining “Sharqiy” konida boshlagan.
1995 yilda «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
2021-yilda vafot etgan.
Inson taqdiri, aslida, bir tilsim. Uning ortidan ergashasan, xolos. Faqatgina halol mehnat bilan unga bez berasan: Lekin butunlay oʻzgartirish sening qoʻlingda emas.
Anatoliy Panin Donesk shahridagi 19-kasb-xunar texnikumini tugatgach, turli yumushlarni bajardi. Ammo yoshligidan texnikaga qiziqqani bois bu ishlar uning uchun vaqtinchalik edi. Bir kuni Anatoliy Nikolayevichning koʻzi eʼlonlar taxtasidagi Qizilqum kengliklarida ishlash uchun ishchilar kerakligi haqidagi yozuvga tushib qoldi va Uchquduqqa ketishga azmu qaror qildi.
U mehnat faoliyatini 1970-yili Shimoliy kon boshqarmasining «Sharqiy konida ekskavator haydovchisiga yordamchi sifatida boshladi. 1977-yil oktyabridan 2019-yilga qadar ekskavator xaydovchisi boʻlib ishladi. U ochiq, kon qazish ishlarida yuzaga keladigan turli vaziyatlarda oʻzining boy tajribasini toʻgʻri qoʻllab, mohirona yechimlar topgan. Belgilangan vazifalarni bajarish chogʻida texnika ishlaridagi uzilishlarning oldini olish ekskavatordan samarali foydalanishni taʼminlash uchun doimiy izlanishda boʻlgan, bu borada zamonaviy usullarni qoʻllagan.
A.N.Panin oʻz kasbining mohir ustasi sifatida kasb sirlarini yosh mutaxassislarga oʻrgatib kelgan. Uning shogirdlari korxonada eng ilgʻor ishchilardan hisoblanadi. U sogʻlom turmush tarzi, sport bilan muntazam shugʻullanish kabi masalalarda yoshlarga shaxsiy namuna boʻlardi.
U korxonada uzoq yillar davomida olib borgan samarali mehnati uchun mustaqillikning 1-yilligi, 10-yilligi, 25-yilligi esdalik nishonlari hamda bir necha bor Faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Eng quvonarlisi, Anatoliy Nikolayevich Panin “Oʻzbekiston Qahramoni koksak unvoni va «Oltin yulduz” medaliga sazovor boʻldi.
Anatoliy Nikolayevich foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish sanoatida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali mutaxassis sifatida choʻlning ogʻir sharoitlarida kon ekskavatori yordamida qazib olishga tayyorlangan kon massasi va togʻ jinslarini avtosamosvallarga yuklash ishlarini amalga oshirib, ochiq usulda qazib olish “Sharqiy” konining shartnoma rejalarini bajarishga oʻz hissasini qoʻshgan fidoyi faxriylardan biridir. Hamkasblarining aytishicha, kon ekskavatoriga eʼtibor bilan yondashish va xizmat koʻrsatish ishlarini oʻz vaqtida, sifatli bajarish boʻyicha unga teng keladigan mutaxassis boʻlmagan. Shu boisdan, Anatoliy Nikolayevich belgilangan rejalarni bajarishda yuqori natijalarga erishib kelgan Anatoliy Nikolayevich Panin ustoz-shogird amaliyotini keng targʻib etgan holda, kasb-hunar kollejlari, oliygohlarni tamomlab kelgan koʻplab yosh mutaxassislarga murabbiylik qildi, ular oʻz kasbining ustasi darajasiga yetishishiga salmoqli hissa qoʻshdi. Mehnat jamoasida hurmatga ega boʻlib, xizmat vazifasiga halol yondashdi, hamma bilan til topishib, ularni yagona maqsad sari yoʻnaltira oldi.
A.Paninni uchquduqliklar, kombinat jamoasi sport murabbiysi, targʻibotchisi jonkuyari, shuningdek, hamkasblarini sogʻlom turmush tarziga daʼvat etuvchi faol targʻibotchi sifatida ham juda hurmat qilishgan. Kombinatning “Lochin” sport majmuasida olib borgan ishlari, mahalliy futbol komandasi tuzgani va turli sport musobaqalarini muntazam tashkillashtirib, homiylik qilgani alohida tahsinga loyiqdir. Bu saʼy-harakatlari yoshlarni sportga jalb etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish borasida davlatimiz rahbarining mazkur yoʻnalishda olib borayotgan oqilona siyosatiga hamohangdir.
Anatoliy Panin mahallada ham hurmatli, nufuz va eʼtiborga ega inson edi. Tashkiliy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, yigʻinlar, obodonlashtirish tadbirlarida faol qatnashib kelgan.
Anatoliy Nikolayevich mahallasida yashaydigan yolgʻiz keksa avlod vakillariga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatib, ularni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlab, doimo xabar olib turdi va yordamini ayamadi.
Hayotimiz taqdir qoʻlida. Uning chiroyli yozuvlari chin insonga ana shunday baxt ato etadi. Buning uchun esa halol mehnatimiz, sabrimiz bilan uning siyoxdoniga oʻz ranglarimizni solmogʻimiz darkor. Aks holda, havas bilan Uchquduq zaminiga kelgan bir insonning koʻksida “Oʻzbekiston Qahramoni” Oltin yulduzi porlamasdi.
//
Izoh yo‘q