Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi hamda Oyina.uz portali “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Kitob – yuksaklikka eltuvchi nur” shiori ostida oʻtkaziladi.
Tanlovga taqdim etilgan eng sara ijodiy ishlardan yurtimizda kitobxonlikni umummilliy harakatga aylantirish, aholi orasida mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish yoʻlida foydalaniladi. OAV, ijtimoiy tarmoq va tashqi reklama vositalarida namoyish etiladi.
Ishchi guruhga kelib tushgan karikaturalar saralanib, Oyina.uz portalining telegram kanalida eʼlon qilinadi. Gʻoliblar ikki yoʻnalishda – hakamlar hayʼati eʼtirofi va muxlislar bergan ovozlar soniga koʻra aniqlanadi.
Gʻoliblar:
1-oʻrin (2 ta) – 3 million soʻm;
2-oʻrin (2 ta) – 2 million soʻm;
3-oʻrin (2 ta) – 1 million soʻm hamda ragʻbatlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yil 18-avgustgacha @oyinauz_bot orqali qabul qilinadi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Mustaqillik bayrami arafasida tantanali ravishda oʻtkaziladi.
//
5 Izohlar
Muslima
08:08 / 18.08.2023
Bot orqali chizgan karikaturamni jõnatdim, javobingizni kutaman.
График рассом карикатурист Ҳусан СОДИҚОВ
04:08 / 16.08.2023
Яхши курик танлов. Хаммани омадини берсин.
Shomurodova Aziza Erkin qizi
05:08 / 15.08.2023
Menga juda ham yoqdi bu tanlov sababi Har tomonlama foydali tanlov ekan
Ravshan
00:08 / 14.08.2023
Yaxshi goya
жумма
04:08 / 13.08.2023
Ijodkorlarni qadirlanglar/ Bu summa nima buncha kam