Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi hamda Oyina.uz portali “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Kitob – yuksaklikka eltuvchi nur” shiori ostida oʻtkaziladi.
Tanlovga taqdim etilgan eng sara ijodiy ishlardan yurtimizda kitobxonlikni umummilliy harakatga aylantirish, aholi orasida mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish yoʻlida foydalaniladi. OAV, ijtimoiy tarmoq va tashqi reklama vositalarida namoyish etiladi.
Ishchi guruhga kelib tushgan karikaturalar saralanib, Oyina.uz portalining telegram kanalida eʼlon qilinadi. Gʻoliblar ikki yoʻnalishda – hakamlar hayʼati eʼtirofi va muxlislar bergan ovozlar soniga koʻra aniqlanadi.
Gʻoliblar:
1-oʻrin (2 ta) – 3 million soʻm;
2-oʻrin (2 ta) – 2 million soʻm;
3-oʻrin (2 ta) – 1 million soʻm hamda ragʻbatlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yil 18-avgustgacha @oyinauz_bot orqali qabul qilinadi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Mustaqillik bayrami arafasida tantanali ravishda oʻtkaziladi.
//
3 Izohlar
Dilnura
19:08 / 07.08.2023
Assalomu alaykum.Men ushbu tanlovda qatnashishni judayam xohlayapman.Ijodkor yoshlar uchun shunday tanlovlar uyushtirganingiz uchun kattakon rahmat!
Sadoqat
08:08 / 06.08.2023
Assalom alekum faqat 1ta ish qabul qilinadimi? Bitta odam 2 yo 3ta ish topshirsa bo‘ladimi?
Sharifboy
07:08 / 06.08.2023
Kitoblarni qiziqarli qilib chiqardi sh kerak