“Jonajon oʻzbek tilim” tanlovi e’lon qilindi

17:09 / 09.09.2025 2117
Saqlash

Oʻzbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash borasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovi e’lon qilindi.

 

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

- oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;

- oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;

- oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;

- davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;

- oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

- oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;

- oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.

 

Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi, o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda Tanlov ishchi organi – Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi yoki rasmiy elektron pochtaga (uz_tili_jamgarma@umail.uz) hamda (@Jonajontilim_bot) telegram ijtimoiy tarmog‘iga 5-oktabrgacha yuborishlari lozim.

 

Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin.

G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida tashkil etiladigan tadbirlar doirasida tantanali ravishda topshiriladi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//