“Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi

15:11 / 10.11.2025 168
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda, “Salom Vatandosh” mega loyiha dasturi doirasida, “Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
 
Mavzular:
➖ Vatanparvarlik va insonparvarlik gʻoyasini targʻib qilish;

➖ Burch va sadoqatni namoyon etish;

➖ Vatanparvarlikka sohaviy yondashuv;

➖ Vatanim mening nigohimda;

➖ Yangi Oʻzbekiston fenomeni yoshlar nigohida.
 
Talablar:
◻️ videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilganligi;

◻️ videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;

◻️ muallifning videorolikni yaratishdagi o‘ziga xos ijodiy innovatsion yangicha  yondashuvi, ishning plagiat emasligi;

◻️ milliylikni zamonaviy ko‘rinishda targ‘ib qiluvchi, etika-estetika tomonlariga alohida ahamiyat berilishi kerak.

◻️ videorolik barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi;

◻️ videorolikda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.
 
Mukofotlar:
▪️ Gʻolibga – Iphone 15 Pro max;
▪️ 2-oʻringa – noutbuk;
▪️ 3-oʻringa – planshet.
 
Videorolik va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari bilan birgalikda 2025-yilning 15-noyabrga qadar Telegramdagi @SALOMVATANDOSH_BOT manziliga yuborilishi lozim.

Murojaat uchun tel: 71 207 57 00

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//