“Buyuk allomalar” viktorinasi gʻoliblari aniqlandi

15:12 / 29.12.2025 72
Saqlash

Xabaringiz bor, Oyina.uz portalida buyuk allomalar va maʻrifatparvar jadidlar hayoti hamda faoliyatini chuqur oʻrganish, ularning asarlarini keng targʻib qilish maqsadida “Buyuk allomalar” viktorinasi oʻtkazildi.

 

Jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashgan viktorinada gʻoliblar aniqlanib, taqdirlandi. Viktorinada 1-oʻrinni Zohira Shodiyeva, 2-oʻrinni Mahbuba Nusratova, 3-oʻrinni Gulzoda Hayitova, 4-oʻrinni Nodira Begmatova, 5-oʻrinni Akbar Hayitov qoʻlga kiritdi.

 

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin – televizor;

2-oʻrin – mikrotoʻlqinli pech;

3-oʻrin – aqlli kolonka;

4-5-oʻrin – aqlli soat.

 

Maʻlumot uchun: Oyina.uz portalida muntazam viktorinalar oʻtkazib boriladi.

 

Oyina.uz portalini kuzatib boring, tanlov va viktorinalarimizda ishtirok etib, qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiriting.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//