"Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovi eʼlon qilindi

17:07 / 28.07.2023 5368
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlarda arizalar qabul qilinadi:

- Arxitektura: interyer va landshaft dizayni;

- Axborot texnologiyalari: Veb ishlanmalar, Dasturiy taʼminot, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar;

- Tasviriy va amaliy sanʼat;

- Adabiyot: nazm va nasr;

- Milliy maqom va estrada.

Tanlovga arizalar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlovning hududiy bosqichi 2023-yilning sentyabr oyi, Respublika bosqichi oktyabr oyida oʻtkaziladi.

Arizalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, tanlovga 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz loyihalari bilan faol ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Batafsil maʼlumotlarni www.marifat-ziyo.uz sayti, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlaridan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: + 99 871 207 57 00

5 Izohlar

Dilnora

18:09 / 06.09.2023

Zoʻr loyiha

Dilbar

06:08 / 23.08.2023

Men ushbu tanlovda Maxsus ta'limga IT texnologiyasini integratsiya qilish g'oyasi bilan qatnashmoqchiman.

Jonibek

03:08 / 21.08.2023

Assalomu alaykum men Abrayev Jonibek hozirda 17 yoshman. Ushbu tanlovda Arxitektura yo'nalishi bo'yicha ishtirok etmoqchiman

Shahrizoda Qo'ziyeva

02:08 / 21.08.2023

Ushbu tanlov yoshlarni qo'llav-quvvatlash va ularninh salohoyatini oshirish maqsadida tashkil qilingan eng yaxshi, g'oyaviy tanlov hisoblanadi. Barcha ishtirokchilarga ilmiy salohiyatlari keng va ravon bo'lishini tilab qolaman

Rushana

05:08 / 17.08.2023

Assalom Aleykum. Mening ismim Rushana, 26 yoshdaman. Bu tanlovda nazm va navo yo'nalishida qatmashib ko'rish istagidaman.

Izoh qoldirish