Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovini eʼlon qildi.
Tanlovga quyidagi yoʻnalishlarda arizalar qabul qilinadi:
- Arxitektura: interyer va landshaft dizayni;
- Axborot texnologiyalari: Veb ishlanmalar, Dasturiy taʼminot, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar;
- Tasviriy va amaliy sanʼat;
- Adabiyot: nazm va nasr;
- Milliy maqom va estrada.
Tanlovga arizalar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlovning hududiy bosqichi 2023-yilning sentyabr oyi, Respublika bosqichi oktyabr oyida oʻtkaziladi.
Arizalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi.
Shuningdek, tanlovga 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz loyihalari bilan faol ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Batafsil maʼlumotlarni www.marifat-ziyo.uz sayti, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlaridan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon: + 99 871 207 57 00
//
2 Izohlar
Maloxat
06:07 / 29.07.2023
Ajoyib tanlov. Albatta, bunday tanlovlar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasizdir!
Sanjarbek
05:07 / 29.07.2023
Nazim boʻyicha qatnashaman