"Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovi eʼlon qilindi

22:07 / 28.07.2023 6820
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlarda arizalar qabul qilinadi:

- Arxitektura: interyer va landshaft dizayni;

- Axborot texnologiyalari: Veb ishlanmalar, Dasturiy taʼminot, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar;

- Tasviriy va amaliy sanʼat;

- Adabiyot: nazm va nasr;

- Milliy maqom va estrada.

Tanlovga arizalar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlovning hududiy bosqichi 2023-yilning sentyabr oyi, Respublika bosqichi oktyabr oyida oʻtkaziladi.

Arizalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, tanlovga 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz loyihalari bilan faol ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Batafsil maʼlumotlarni www.marifat-ziyo.uz sayti, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlaridan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: + 99 871 207 57 00

5 Izohlar

Malika

08:08 / 17.08.2023

Avvalam bor bu tanlovda ishtirok etib yurtimizning gullab yashnashi uchun oʻz hissamni qoʻshaman, albatta Arxitektura yoʻnalishi boʻyicha

Muxlisa

20:08 / 15.08.2023

Ushbu tanlov juda ham yaxshi oʻylangan nomi ham oʻzgacha Bu tanlovga maqom yoʻnalishi boʻyicha hujjat topshirib oʻzimni sinab koʻrmoqchiman

Erqulov Qobulbek Davron o'g'li

08:08 / 15.08.2023

Assalomu alaykum Tanlov uchun tashakkur bildirmoqchiman.

Fozil

21:08 / 14.08.2023

Axborot texnologiyalar sohasidagi izchil imkoniyatlar Loiha mazmuni Oddiy uyali telefonlar yani smartfonlarni quvvatini quyosh orqali zaryadlanishi va quvvatini elektr energiyasimas balki tabiiy quyosh energiyasi orqali quvvatlash. Buning uchun smartfon ekranlarini òta sezuvchan quyosh panellaridek jihoz bilan jihozlashdan iboratdir... Keyin ushbu yònalish mantiqiy davomi bu avtamabillarda elektrlash hozir ancha ommaga tarqaldi Òzbekistonda ishlab chiqarilgan va chiqarilayotgan avtomobillarning ustki sohasini quyosh panellaridan yopib himoyalash shu orqali tabiiy gazni ham tejash hamda tabiiy yòl bn avtomobilni boshgarish bu jarayon yani loiha ekalogik muommolarga ham yechim bòla oladi.

Robiya

21:08 / 13.08.2023

Men o'z web-ilovam orqali. Kamharj va hammaga qulay bo'lgan online talim tizimini yaratmoqchiman

Izoh qoldirish

//