Жамият
2025-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38 069,1 ming kishini tashkil etdi. 2024-yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga ko‘paygan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar sentyabr oylarida tug‘ilganlar soni 664,6 ming nafarni, vafot etganlar 132,2 ming nafarni tashkil etib, tabiiy o‘sish 532,4 ming kishiga teng bo‘ldi.
Mamlakatimizga xorijiy davlatlardan ko‘chib kelganlar soni 1 133 kishini va mamlakatdan xorijga ko‘chib ketganlar soni 7 585 kishini, qayd etilgan nikohlar 177,0 mingtani, nikohdan ajralishlar 35,4 mingtani tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholi soni 2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 38 069,1 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 713,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga ko‘paydi.
Doimiy yashash hududi bo‘yicha shahar joylarda 19 396,3 ming kishi (jami aholi soniga nisbatan 51,0 foiz), qishloq joylarda esa 18 672,8 ming kishi (49,0 foiz) istiqomat qilmoqda.
Ayollar soni 18 896,6 ming kishini (49,6 foiz), erkaklar esa 19 172,5 ming kishini (50,4 foiz) tashkil etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 84,8 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2024-yil 1-oktyabr holatiga 1 kv.km ga 83,2 kishi).
Жаҳон
Иқтисод
Жаҳон
Маданият
Илм-фан
Сиёсат
77455
Жамият
56565
Жамият
55750
Жамият
50822
Жамият
//
Изоҳ йўқ