Xalq banki filialida omonat pullari talon-toroj qilindimi?

Сақлаш
10:30 / 11.08.2025 12 0

Ijtimoiy tarmoqlarda «Xalq bankining Yakkabog‘ tuman filialida 2 million dollarga yaqin omonat pullari talon-toroj qilingani» haqida xabarlar tarqaldi.

 

Xalq banki matbuot xizmatining bildirgan rasmiy munosabatiga ko‘ra, ushbu holatda keltirilayotgan pul miqdori va ularning bank omonati ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

Bankning Qashqadaryo viloyati mintaqaviy markazi xodimi ayrim fuqarolarning ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan ularning mablag‘larni olib o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani rost. Ammo fuqarolar tomonidan pul mablag‘lari bank xizmatlari markazlarida tegishli tartibda omonat hisobvaraqlariga topshirilmagan va bank bilan omonat shartnomalari rasmiylashtirilmagan.

 

«Yuqoridagi holatlar bankning ichki nazorat xizmati tomonidan aniqlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan va bugungi kunda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan», deyiladi xabarda.

 

Matbuot xizmati fuqarolar tomonidan omonat uchun topshirilgan mablag‘lar talon-toroj qilingani rad etilgan.

 

Munosabatda ommaviy axborot vositalari va blogerlardan masala mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilmaslik so‘ralgan.

Изоҳ йўқ

Изоҳ қолдириш

Сўнгги янгиликлар

Барчаси

//