Hafta davomida ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi mumkin

Сақлаш
12:21 / 05.05.2025 11 0

Oʻzgidromet 9-maygacha boʻlgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, 5–7-may kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +35– +38 darajagacha, janubda va choʻl hududlarida +40 darajagacha isiydi.

 

Bu may oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim meʼyoridan sezilarli darajada yuqori boʻlib, bunday harorat yoz mavsumi uchun koʻproq xosdir.

 

8-maydan haroratning biroz pasayishi boshlanadi va 9-may kuni harorat +27– +32 darajani tashkil etadi.

 

8-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasining baʼzi joylarida, 9-mayda esa markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

5–7-mayda shimolda va choʻl hududlarda , 8-9-mayda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda,

 

Ayrim joylarda shamol tezligi 20–22 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida 5–8-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan +33– +36, 7-mayda +36– +38 darajada boʻladi.

 

9-mayda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat +27– +30 darajagacha pasayadi.

Изоҳ йўқ

Изоҳ қолдириш

Сўнгги янгиликлар

Барчаси

Жамият

12:21 / 05.05.2025 0 12
Hafta davomida ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi mumkin

//