Fargʻonada kollej bosh hisobchisi oʻzi talon-toroj qilgan 4,3 milliard soʻmni onlayn qimorga sarflab yuborgani aniqlandi

Saqlash
09:04 / 12.04.2022 773 0

Fargʻona viloyati Olimpiya zaxiralari kolleji bosh hisobchisi egallab turgan lavozimdan gʻaraz maqsadlarda foydalanib, 2019-2021-yillar davomida oʻziga asossiz ravishda jami 4 mlrd. soʻm ish haqi va ustama yozib olgan. Bu haqida Bosh prokuratura maʼlum qildi.

 

Shuningdek, kollej oʻqituvchilari nomiga bank plastik kartalari ochib, ularga 310 mln. soʻm byudjet mablagʻlarini oʻqituvchilarga bildirmasdan oʻtkazib olgan.

 

Bosh hisobchi talon-taroj qilgan jami 4,3 mlrd. soʻm mablagʻlarni internet tarmogʻi orqali qimor oʻyinlariga tikib, sarf qilganligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan bosh hisobchi va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167- (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209- (Mansab soxtakorligi) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi katta miqdordagi mablagʻni qimorda yutqazib qoʻygani sababli oʻz joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik.

 

Maʼlumot uchun, bugungi kunda respublikamizda totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish va bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish