Uy taʼmiri uchun kam foizli ipoteka krediti qanday olinadi?

Saqlash
17:43 / 14.06.2024 843 0

1-iyundan boshlab Oʻzbekistondagi banklar tomonidan uy-joylarni taʼmirlash uchun 120 mln soʻmgacha ipoteka kreditlarini ajratish boshlandi.

 

Maʼlum boʻlishicha, mazkur turdagi kredit 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan (14 foiz) toʻrt foizga yuqori stavkada (18 foiz) ajratilmoqda.

 

Ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash maqsadida kreditning 12 foizdan oshgan qismiga muddatning birinchi 5 yili davomida subsidiya olish mumkin.

 

Subsidiya uchun arizalar 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

 

Ushbu ipoteka krediti “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga ajratiladi.

 

Talabgorlar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ekanini koʻrsatishi shart. Bunda ular “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali ariza topshirishi kerak boʻladi.

 

Maʼlumot oʻrnida, ayni paytda uy taʼmiri uchun 120 mln soʻmlik ipoteka kreditlari Sanoatqurilishbank va Aloqabank tomonidan ajratilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//