Jamiyat
Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.
Qarorga koʻra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni boʻladi:
21-aprel, juma — Hayit bayrami;
22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
24-aprel, dushanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasidagilar uchun koʻchirilgan (29-aprel shanbadan) dam olish kuni boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q