Oʻzbekiston “Stranja-2023”da tengsiz boʻldi

Saqlash
09:02 / 27.02.2023 920 0

Kecha, 26-fevral kuni Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha “Stranja-2023” turniri yakuniga yetdi.


Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi 74-bor tashkil etilgan ushbu musobaqada 7ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza, jami 18ta medal jamgʻardi. Bu natija Oʻzbekistonga umumjamoa hisobida 1-oʻrinni taqdim etdi.


Eʼtiborlisi, turnirda Bahodir Jalolovga qarshi ketma-ket uch raqib jang qilishni istamadi va deyarli janglarsiz (faqat birinchi bosqichda bitta jang oʻtkazgan) chempion boʻldi.


Natijalar:


Oltin medal: -48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev; -51 kg: Hasanboy Doʻsmatov; -63.5 kg: Mujbillo Tursunov; -67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev; -71 kg: Saidjamshid Jaʼfarov; -86 kg: Shohjahon Abdullayev; +92 kg: Bahodir Jalolov.


Kumush medal: -54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov; -60 kg: Adhamjon Muhiddinov; -63.5 kg: Ruslan Abdullayev; -67 kg: Bekzod Hamidov; -48 kg: Saidaxon Rahmonova


Bronza medal: -60 kg: Shunqor Abdurasulov; -60 kg: Dilshod Abdumurodov; -63 kg: Xadichabonu Abdullayeva; -71 kg: Nurislom Ismoilov; -75 kg: Havasbek Asadullayev; -80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish