Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi maktab oʻquvchisining qoʻlidan ushlab tortganligi va bola undan qochib ketganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 19-fevral kuni taxminan soat 12:35 atrofida Yashnobod tumanining Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida nomaʼlum shaxs shu maktab oʻquvchisi — 2011-yilda tugʻilgan M.O.ni toʻxtatgan.
Qoʻlidan ushlab, shu maktabda oʻqish-oʻqimasligini soʻragan. Voyaga yetmagan M.O. bu shaxsni tanimagani sababli u bilan gaplashmasligini bildirib, qoʻyib yuborishini aytgan, soʻng uyiga ketgan.
“Bola hozirda ota-onasining yonida sogʻ-salomat holatda. Mazkur holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Oʻrganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994-yilda tugʻilgan M.U. ekani aniqlangan. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi qoʻshimcha qilingan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q