Siyosat
Samarqandda Qirgʻiziston va Tojikiston Prezidentlari chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara oʻtkazdi.
Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga oʻt ochishni toʻxtatish, qoʻshin va vositalarni toʻqnashuv chizigʻidan olib chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berishga kelishib oldi.
Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Qirgʻiziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish boʻyicha ham kelishuvga erishildi.
Avvalroq Qirgʻiziston nashrlari Tojikiston Botkendagi aeroportni raketalar bilan oʻqqa tutgani va shahardagi “fuqarolik infratuzilmasi obyektlari”ni vayron qilgani haqida xabar bergan edi.
24.kg nashri Qirgʻizistonning Botken viloyati maʼmuriyatiga tayanib yozishicha, chegaraning “butun perimetri boʻylab” - Qizilbel, Koʻktosh, Tamdiq, Doʻstuk qishloqlari, Tortkocho hududida toʻqnashuvlar kuzatilgan. Chegaraga yaqin qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan.
Tojikiston esa qirgʻiz kuchlarini Tojikiston chegarasidagi qator aholi punktlarini “ogʻir qurollardan” oʻqqa tutishda ayblagan.
Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi chegara barcha hududlarda belgilanmagan va shu sababli vaqti-vaqti bilan toʻqnashuv hududiga aylanib bormoqda.
Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi chegarada vaziyat oxirgi marta 14-sentyabr kuni keskinlashdi, oʻshanda chegarachilar chegaraning uchta uchastkasida otishma uyushtirdi. Oqibatda tojik tomondan ikki kishi (har ikkisi harbiy xizmatchi) halok boʻlgan va yana 11 kishi jarohatlangan, qirgʻiz tomondan kamida besh kishi, jumladan bir bola jarohatlangan. Hozirgacha mojaroda kamida uch kishi halok boʻlgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q