Siyosat
Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdoʻgʻan bilan Samarqand shahrini aylandi. Bu haqda Turkiya Birinchi xonimi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
“Oʻzbekistonning qadim Samarqand shahrida xonim Ziroat Mirziyoyeva bilan Konigil qogʻoz fabrikasini ziyorat qildik.
Ikki ming yil davomida buzilmagan holda saqlanib qolgan Samarqand qogʻozining sarguzashtlari hayrat uygʻotadi.
“Barhayot oʻzbek qishloq muzey”ida esa hamon saqlanib qolgan ajdodlardan qolgan odatlarni koʻrish va tanishishga muyassar boʻldim. Vaqtga qarshi turadigan bu maskan ham tabiat bilan chambarchas bogʻlangan”, deydi Emine Erdoʻgʻan.
Turkiya Birinchi xonimi Samarqand ming yillar davomida gʻarb va sharqni birlashtirgan Samarqand madaniya hazina oʻlaroq yashab qolayotganini qayd etgan.
Sayohat davomida Ziroat Mirziyoyeva Emine Erdoʻgʻanni Samarqand noni bilan mehmon qilgan. Birinchi xonimlar mato toʻqish fabrikasida ham boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan Samarqanddagi sammitga turmush oʻrtogʻi bilan kelgan yagona davlat rahbari boʻldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q