Jamiyat
“Uzbekistan Airways”ning Frankfurt shahridan Oʻzbekistonga uchishi kerak boʻlgan reysi bekor qilindi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15-sentyabr kuni rejalashtirilgan HY-232 Frankfurt–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnov havo kemasida vujudga kelgan texnik nosozlik tufayli bekor qilingan. Hozirda barcha yoʻlovchilar Frankfurt shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan. Aviakompaniya holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishini bildirgan.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr soʻraymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni toʻgʻri tushunishingizni soʻrab qolamiz”, – deyiladi xabarda.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112416
Jamiyat
95075
Jamiyat
91289
Jamiyat
75986
Jamiyat
//
Izoh yo‘q