Siyosat
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda.
Prezidentning taʼkidlashicha, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish SHHTning eng ustuvor yoʻnalishlaridan boʻlib qolishi lozim.
“Shuni taʼkidlashni istardimki, afgʻon xalqi yaxshi qoʻshnichilik yordamimizga har qachongidan ham koʻproq muhtojdir. Biz oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz va Afgʻonistonni uning muammolari bilan yolgʻiz qoldirmasligimiz lozim”, – dedi Prezident.
Afgʻonistonni gumanitar qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus fondni mazkur mamlakatga chegaradosh boʻlgan Termiz shahrida – u yerdagi mavjud transport-logistika xabining zamonaviy infratuzilmasidan foydalangan holda, birgalikda taʼsis etish taklif qilindi.
Fond mablagʻlari ushbu mamlakatdagi ijtimoiy inqirozni bartaraf etish, yoshlar uchun taʼlim dasturlari va sogʻliqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q