Oliy toifali pedagoglar uchun majburiy attestatsiya sinovlari bekor qilinadi

Saqlash
20:06 / 13.09.2022 1490 0

Xalq taʼlimi vazirligining 12-sentyabrdagi topshiriq xatiga binoan oliy malaka toifasiga ega pedagog kadrlar majburiy attestatsiya sinovlaridan ozod etilishi koʻzda tutilmoqda.

 

Unga koʻra, oliy malaka toifasiga ega boʻlgandan soʻng pedagog uni 15 yil davomida saqlab kelgan boʻlishi, shuningdek, uzluksiz ish tajribasiga ega boʻlishi talab etiladi.

 

Shuningdek, xatda 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil yil uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ushbu oʻzgarishlar tatbiq etilmasligi belgilab berilgan.

 

Bundan tashqari, oliy malaka toifasi umrbod saqlanib qolingan holda tarifikatsiya qilinishi ham keltirilgan.

 

Oʻz navbatida, magistr darajasiga ega kadrlarning malaka darajasi avtomatik ravishda ikkinchi toifa etib belgilanishi boʻyicha ham koʻrsatma berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//