Jamiyat
Qashqadaryoda pora olishni rad etib, bu haqda rahbariyatiga maʼlum qilgan profilaktika inspektori taqdirlandi, deb xabar beradi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, 10-iyun kuni Chiroqchi tuman IIB profilaktika inspektori Nurbek Oqnazarov “Langar” MFYda xizmat olib borayotganda Samarqand viloyatiga tegishli «Niva» rusumli avtomashinaga duch kelgan. Muloqot davomida haydovchi oʻzini B.P. deb tanishtirib, tegishli hujjatlari yoʻqligini bildirgan.
Avtomashinada esa ikki nafar voyaga yetmagan bolalar boʻlib, ular Chiroqchi tumani «Xontepa» qishlogʻida yashovchi R.M. va A.S. ekani, ular kovrak oʻsimligini yigʻish uchun ketayotgani maʼlum boʻlgan.
Inspektor aniqlangan holatlar — avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarish va voyaga yetmagan shaxslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirgan. Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi fuqaro B.P. profilaktika inspektoriga ishni oʻz foydasiga hal etish evaziga pora taklif qilgan. Inspektor unga bu ishi jinoyat ekanini aytgan. Natijada profilaktika inspektori Nurbek Oqnazarov bu haqda Chiroqchi tuman IIB boshligʻi nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB, Chiroqchi tuman IIB va prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.P. profilaktika inspektorining xizmat xonasida 5,5 million soʻm miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro B.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Xizmat vazifasiga vijdonan va sidqidildan yondashib, korrupsion holatni oldini olgani va fuqarolarda ichki ishlar organlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlagani uchun katta leytenant Nurbek Oqnazarov boshqarma rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q