Jamiyat
Shu yilning 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining Oʻzbekiston mezbonligidagi navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi.
Shu munosabat bilan 14-sentyabrdan 17-sentyabrga qadar Samarqand shahrining ayrim koʻchalarida transport vositalarining harakati cheklanishi haqida xabar berilgan edi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi shu kunlarda shahar hududida tibbiy yordamni tashkil etish boʻyicha quyidagilarni maʼlum qildi.
Sammit kunlari davomida Samarqand shahrida tibbiy yordam 3 yoʻnalishda tashkil etiladi:
tez tibbiy yordam koʻrsatish;
ambulator yordam koʻrsatish;
shifoxonada shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish.
Shahar aholisiga 50 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinasi va shuncha tibbiy brigada jalb etilgan boʻlib, ular chaqiriqlar boʻyicha odatdagidek faoliyat olib boradi.
Ambulator yordam koʻrsatish uchun Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha oilaviy poliklinikalarda odatdagidek soat 8:00 dan 20:00 gacha ish fooliyati olib boriladi.
Shuningdek, har bir mahalla fuqarolar yigʻinida aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida oila shifokorlari va 2 nafar hamshiradan iborat tibbiy punktlar tashkil qilingan. Ular birinchi yordam uchun zarur dori-darmon vositalari bilan taʼminlangan boʻlib, bu orqali yengil darajadagi bemorlarga mahallaning oʻzida ambulator yordam koʻrsatish taʼminlanadi.
Shoshilinch holatlarda “103” xizmatiga murojaat qilinadi.
Alohida taʼkidlash joizki, konservativ davolanishga muhtoj bemorlarga tuman shifoxonalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish uchun viloyat shifoxonalarida faoliyat koʻrsatuvchi malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Bundan tashqari, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda mobil tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan viloyat shifoxonalaridan malakali mutaxassislar tuman va shahar birlashmalariga yuborilib, shu joyning oʻzida shoshilinch operatsiyalar oʻtkazish imkoniyatlari yaratiladi.
Bu boradagi barcha harakatlar vazirlik tomonidan Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasida tashkil etilgan markaziy shtab orqali boshqarib boriladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q