Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun BAAning Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasidan kredit jalb qilinishini maʼqulladi.
Loyiha Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda BAAga tashrifi chogʻida imzolangan imzolangan investitsiya shartnomasida nazarda tutilgan edi. Kreditning umumiy miqdori 1,1 milliard dirhamni (299,4 million dollarni) tashkil qiladi. Mablagʻlar yillik 2,5 foiz stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.
Loyiha toʻrt yil (2022–2026-yillar) davomida amalga oshiriladi.
Suv taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish qismi “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ va viloyat mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan, yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish qismi esa davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Loyiha doirasida Oʻzbekistonga olib kirilayotgan tovarlar va uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi. Bundan tashqari, davlat ishtirokchi kompaniyalarga ular tomonidan toʻlangan QQS summalari uchun kompensatsiya toʻlaydi – buning uchun 42,76 million dollar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q