Jamiyat
Jizzax shahar «Obod» mahallasi hududida joylashgan «Imom Buxoriy» jome masjidi imom-xatibi R.Qo‘shshayev (ism-shariflari o‘zgartirilgan) 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudining sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda sudlanuvchi (ism-shariflari o‘zgartirildi) R.Qo‘shshayevning apellyasiya tartibidagi shikoyati ko‘rib chiqildi.
R.Qo‘shshayev O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali, 3 nafar farzandning otasi.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra 2 yil muddatga diniy muassasalarda ishlash huquqidan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.
R.Qo‘shshayev jome masjid imom xatibi vazifasida ishlab kelayotgan vaqtda unga topshirilgan o‘zganing mol-mulkini o‘zlashtirish aybi bilan sudlangan. Sud majlisida ma’lum qilinishicha, u masjid uchun xayriya qilingan, ya’ni, masjidni qaytadan qurish ishlarini boshlash uchun berilgan 190.000.000 so‘m xayriya pullarini masjid hisob raqamiga kirim qilmagan va talon-toroj qilib yuborgan.
Shuningdek, «Bahor plastics» MChJ rahbariyati tomonidan xayriya sifatida berilgan 30.000.000 so‘mlik kir yuvish kukunlaridan tushgan pullar masjid hisob raqamiga kirim qilinmagan.
Yana bir shaxsni masjid qurilishi uchun moddiy yordam berishga ko‘ndirgan imom xatib 5 000 AQSh dollarini ham qo‘lga kiritgan. Bu pullar ham masjid hisob raqamiga kirim qilinmagan.
Sudlanuvchining sud hukmida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi jinoyat ishida to‘plangan dalillar bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topganligi sababli apellyasiya instansiyasi sudi avvalgi sud hukmini o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyatini esa qanoatlantirishsiz qoldirgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q