Jamiyat
O‘zgidromet markazi hafta davomida — 12 sentabrdan 16 sentabrgacha bo‘lgan davragi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hafta davomida ob-havo iliq va quruq bo‘ladi. 11 sentabr kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan sovuq antitsiklon natijasida +23…+28 atrofida bo‘lgan harorat bilan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larning ba’zi joylarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Shuningdek, mamlakat bo‘yicha 13 sentabrda kechasi va ertalab sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi, havo harorati +10…+13 ni tashkil etadi. Kunduzi antitsiklon respublika hududidan chekinishi boshlaydi va havo +28…+30 gacha isiydi.
«14 sentabrdan va ish haftasining oxirigacha respublika bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati +12…+17, kunduz kunlari +29…+34 atrofida bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112425
Jamiyat
95083
Jamiyat
91301
Jamiyat
76001
Jamiyat
//
Izoh yo‘q