Madaniyat
Surxondaryo viloyatida boshlangan “Ma’naviyat festivali” doirasida Termiz shahar San’at saroyida “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda yosh avlod vakillari O‘zbekiston Qahramonlari bilan uchrashdi, yoshlar qahramonlarning ibratli hayot yo‘li, chekkan sharafli mashaqqatlari, yutuqlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Taqdimotni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov ochib berdi. Tadbirda surxondaryolik O‘zbekiston Qahramonlari Isoxon Bahromov, Ahmad Narzullayev, Hamza Mahkamov hamda Rahmon Muhammadiyev, Yusuf Ziyayevlarning oila a’zolari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, aktyor Turg‘un Beknazarov, xonandalar Dilfuza Rahimova, Iroda Iskandarova hamda “Surxon” guruhi ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida chop etilgan “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobi haqida to‘xtalib, mazkur kitob-albom millatimiz qahramonlariga ehtirom sifatida yaratilgani, unda Vatanimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib, “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan bir yuz uch nafar yurtdoshimizning ibratli hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinishini ta’kidlashdi.
Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv daomida xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlar ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Ayniqsa, yosh iste’dod sohiblari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q