Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining yangi qiroli Karl Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan oʻtgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi boʻlib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obroʻ va eʼtiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk davlat arbobi edi”, – deyiladi davlat rahbarining taʼziyanomasida.
Shuningdek, Prezident ushbu musibatli damlarda Qirol oilasining barcha aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga taskin soʻzlarini bildirdi hamda sabr-toqat va bardamlik tiladi.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91290
Jamiyat
75987
Jamiyat
//
Izoh yo‘q