Siyosat
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bugun, 8-sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqida "The Guardian" nashri xabar tarqatdi.
Qirolicha bugungacha Shotlandiyadagi Balmoral qasrida bo‘lib turgandi. Bugun uning ahvoli og‘irlashgani va shifokorlar nazoratiga olingani xabar qilindi.
Hozirda qirolichaning yaqin qarindoshlari Balmoral qasriga to‘plana boshlagan. Hatto qirollik oilasini tark etgan shahzoda Garri ham rafiqasi Megan Markl bilan Shotlandiyaga yo‘l olgan.
Qirolichaning 4 nafar farzandi, 8 nafar nabirasi va 12 nafar evarasi bor.
Yelizaveta II 1926-yil 21-aprel kuni tug‘ilgan. U 1953-yilda taxtga o‘tirgan va hozir tojni eng ko‘p vaqt o‘zida saqlab turgan monarx hisoblanadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109737
Jamiyat
94116
Jamiyat
89906
Jamiyat
73105
Jamiyat
//
Izoh yo‘q